Hilpirab tur davlat bayrog'i
Tumanda mustaqilligimiz ramzlaridan biri bo'lgan Davlat bayrog'ining 33 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tdi.
Tuman hokimi boshchiligdagi barcha mutasaddilar, harbiylar, sportchi yoshlar, korxona va tashkilotlar xodimlari "Salomatlik yo'lagi" dan tuman hokimligi binosi tomon harakatlandi.
Hokimlik binosi yonida ishtirokchilarni tuman hokimi Sherbek Buranov O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan qutlab, ezgu tilaklarini bildirdi.
Shundan so‘ng madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan Vatan, bayroq, mustaqillikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.
Tadbir ajoyib va o'zgacha kayfiyatda bo'lib o'tdi.