🤵HOKIM YORDAMCHILARI BILAN UCHRASHUV
💼Tuman hokimi va tegishli masʼullar hamrohligida mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyati bo‘yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.
📈Unda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik bo‘yicha ixtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilash, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan va ishsiz aholining, qiziqishlarini o‘rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi o‘quv markazlariga yo‘naltirish hamda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini ta'minlashga yordam berish kabi masalalar muhokama etildi.
💡Shuningdek, aholi bandligini taʼminlash uchun berilgan kreditlarni maqsadsiz yo‘naltirgan, kredit qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lamaslik holatlari uchrayotgan mahallalar masʼullari faoliyati tanqid ostiga olindi.
❕Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli masʼullarga topshiriqlar berilib, bu borada kamchilikka yo‘l qo‘ygan masʼullar jiddiy ogohlantirildi.
🏡Bundan tashqari, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qulayliklari to‘g‘risida to‘xtalib, mahallalar, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, ijtimoiy va iqtisodiy obyektlar hamda aholi xonadonlariga quyosh panellarini o‘rnatish ishlarini jadallik bilan davom etirish lozimligini ta’kidladi.