Hokimlik soati oʻtkazildi
Tuman rahbari tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda bugungi kunda bajarilishi lozim boʻlgan muhim masalalarning ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan yigʻilishda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, SCHR toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirilishi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan faol foydalanish boʻyicha fuqarolar oʻrtasida targʻibot ishlarini jadallashtirish, aholini kambagʻallikdan chiqarish, tadbirkorlikka oʻrgatish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar, tomorqalardan unumli foydalanish, statistik hisobotlarni oʻz vaqtida topshirish kabi shu va boshqa dolzarb masalalarda soʻz yuritilib, ish-faoliyatida kamchilikka yoʻl qoʻyayotgan rahbarlarga jiddiy eʼtirozlar bildirildi.