insurez
21-02-2025 19:41

JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI


Narpay tuman hokimligi majlislar zalida sektor hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari, mahalla profilaktik inspektorlari, yoshlar yetakchilari, inspektor-psixologlar ishtirokida voyaga yetmaganlar va yoshlar jinoyatchiligiga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy muhokama bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida yoshlar o'rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar muhokama etilib, hududda ham bunday jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yigilish so'ngida, tuman hokimi Sherbek Buranov O‘zbekiston “Veteran” jangchi faxriylar va nogironlar birlashmasining tashkil topganiga 31 yil to‘lishi hamda “veteran” jangchi-faxriylarga berayotgan e’tibori uchun tuman mudofaa ishlar bo‘limi hamda faxriylar tomonidan birlashmasining “Fidoyi vatanparvar” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Teglar
- -