🏪KICHIK SANOAT ZONALARIDA AHVOL QANDAY?
📱Bugungi kunda fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida yer maydonlarini sotib olish bo‘yicha E-auksion tizimi orqali bir qancha imtiyozlar yaratilgan.
💭Sotib olingan yer maydonlarida amalga oshiralidigan loyihalar tadbirkorlarga qonunchilikda belgilangan tartibda qo'shimcha majburiyat yuklaydi.
💵Xususan, faoliyatini kengaytirish bo‘yicha muntazam ravishda yangi investitsiyalar kiritish, fuqarolar uchun doimiy ish o‘rinlari yaratish shular jumlasidandir.
🌟Tuman hokimi mas’ul o‘rinbosari hamda tegishlilar hamrohligida tumandagi kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
🤵Mazkur obyektlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari, shuningdek, belgilangan investitsiya majburiyatini bajarmasdan kelayotgan tadbirkorlarga loyihalarni amalga oshirish borasida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.
📈Shuningdek, ular tomonidan berilgan muammo va takliflarning yechimlari bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.