insurez
14-06-2024 15:57

KO‘P QAVATLI UYLARDAGI AHOLI BILAN MUHIM MASALALAR YUZASIDAN SUHBAT


Joriy yilning 10 iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida "Energiya resurslarini tejash hamda energetika sohasi obyektlarini 2024/2025 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash chora-tadbirlari"ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Unda, uy-joy mulkdorlarining ko‘p qavatli uy-joylarni boshqarish kompaniyalaridan mavjud qarzdorliklarini qoplash, kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va aholini sifatli elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash borasida bir qator topshiriqlar berib o‘tilgan.

Mazkur berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, tuman hokimi tegishli o‘rinbosari va masʼul tashkilotlar hamkorligida Islomobod mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda fuqarolarning kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashi lozimligi aytilib, bu to‘lovlar ular uchun yana-da qulay sharoit yaratish uchun sarflanishi taʼkidlandi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylardagi elektr tarmoqlari qalqonlarining holati, jihozlarning saqlanayotganligi hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinayotganligi ko‘zdan kechirildi.

Shu kabi, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish borasida masʼullarga topshiriqlar berilib, bu boradagi vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -