🔥KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN...
✍️So‘nggi yillarda kuzatilgan anomal sovuq barcha soha xodimlarining kuz-qish mavsumi uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish lozimligini ko‘rsatdi.
✍️Xoh ijtimoiy sohada bo‘lsin, xoh kommunal soha - hamma birdek kelayotgan mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, oldingi yillarda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolarni takrorlamaslik uchun hozirdan jiddiy shug'ullanishi zarur va dolzarbdir.
👨💼Tuman hokimi, sektor rahbarlari, hokimning barcha o'rinbosarlari, tashkilot va korxona rahbarlari hamda mas'ullar ishtirokida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, shu jumladan, energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish, energiya samaradorligini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash hamda zaxirasini shakllantirish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish kabi masalalarda yig'ilish bo'lib o'tdi.
💻Unda tashkilot va korxonalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalasida ishchi guruh olib borgan o'rganish ishlari bo'yicha ma'lumotlar o'qib eshittirilib, kamchilikka yo'l qo'ygan rahbarlar tanqid ostiga olindi hamda qilinishi kerak bo'lgan ishlar yuzasidan tegishli chora-tadbir belgilandi.
✅|Telegram (https://t.me/Narpay_tuman_hokimligi)| ✅|Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100041775135927)| 🌐|Instagram (https://www.instagram.com/narpay_tuman_hokimligi/)| ✅|Telegram (https://t.me/narpaylikk)| 🌐|Veb sayt (https://narpay.uz/)|