insurez
30-10-2024 12:04

🙌MAHALLA BIZNING UYIMIZ


🌠Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-402-sonli qaroriga asosan yer va mol-mulk soligʻidan undirilgan mablag'larning 10 foizi mahalla hisob raqamida qolishi belgilab qo'yilgan. Ushbu mablagʻlardan esa aholini ijtimoiy va kommunal sohadagi muammolariga yechim sifatida foydalanishda mas’ul rahbarlarning ishni to‘g‘ri tashkil etish hamda vaziyatni xolisona baholash salohiyatiga bog'liqdir.

💻O'rganishlar natijasida bir qancha mahallalarning elektr energiyasini yanada yaxshilash borasida beton ustunlar ajratilishi belgilab qo'yilgan edi. Natijada Chaykal, Ipak yo'li, Baxt, Ahillik, Muqimiy, No'g'ay, Salovat, O'zbekiston, Yangiobod mahallalariga 200 ga yaqin beton ustunlar keltirib berildi.

🖊Bundan tashqari, qolgan mahallalar ham to'liq o'rganib chiqilib, hudud infratuzilmasidan kelib chiqqan holda aholi sharoitini yaxshilash maqsadida belgilangan me'yorlar asosida barcha zaruriy choralar ko'riladi.

Teglar
- -