insurez
16-10-2024 11:54

🌟MAHALLA JAMIYATIMIZNING ASOSIY BO‘G‘INI


🏠Mahalla jamiyatda tinchlik-totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylashda xalqimizga eng yaqin ijtimoiy tuzilma hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, mahalla instituti chet el tajribasini andoza qila olmaydigan yagona tizimdir. Shu sababli ham mahalla jamiyatimizning asosiy bo‘g‘ini sifatida hech qachon o‘z mavqeyini yo‘qotmaydi.

💼Samarqand viloyat Mahalla uyushmasining raisi Sherali Yo‘ldoshev hamda tegishlilar ishtirokida tumandagi mahalla raislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mahalla raislari tomonidan olib borilayotgan ishlar muhokama etilib, aholi bilan ishlash, fuqarolar muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish borasidagi vazifalar yuzasidan muhim topshiriq va tavsiyalar berildi.

✅Bundan tashqari, mahalla raislarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan talab va takliflar tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli topshiriq vatavsiyalar berildi.

✅Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-402-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan mahallalning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mahallalarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida mahalla raislariga zamonaviy printerlar topshirildi.

Teglar
- -