insurez
10-07-2024 07:07

MAHALLA MAMLAKATIMIZNING ASOSIY TAYANCHIDIR


Tuman hokimi hamda tuman prokurori tumandagi 2-sektorda joylashgan O‘zbekkenti va Haqiqat mahallalarida mahalla yettiligi, tegishli masʼullar hamrohligida o‘rganish olib bordi.

Dastlab, mahalla xodimlarining amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar, mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan suhbat olib bordi.

Shuningdek, xonadon sohiblari bilan uchrashib, yo‘l yoqasini gulzorlashtirish, obodonlashtirish, tomorqadan unumli foydalanish, binolar tashqi qismini tartibga keltirish borasida keng miqyosdagi ishlarni boshlash lozimligi taʼkidlandi.

So‘ng, bu kabi ishlarni butun mahalla bo‘ylab amalga oshirishi lozimligi va bu borada barcha birdek o‘z hududini so‘lim va ko‘rkam maskanga aylantirish bo‘yicha faol bo‘lishlari taʼkidlandi.

Teglar
- -