"MAHALLA YETTILIKLARI" O‘RTASIDA MINI FUTBOL MUSOBAQASI
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida "mahalla yettiligi" xodimlari o‘rtasida mini futbol sport turi bo‘yicha "Viloyat kengashi kubogi" musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Birinchi sektor shtabi yonidagi o‘yingohda mazkur musobaqaning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda har bir sektordagi mahalla masʼullaridan bittadan jamoa tashkil qilingan bo‘lib, har to‘rtala jamoa g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi.
Natijalarga ko‘ra, 3-sektor jamoasi g‘olib bo‘lib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.