⚡️MAQSAD AHOLIGA YANADA QULAYLIK YARATISH
👨💼Tuman hokimi Sherbek Buranov tuman prokurori Baxtiyor Normatov, tegishli o‘rinbosarlar va masʼullar hamrohligida qurilish ishlari olib borilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-404-sonli qarori bo‘yicha investitsiya loyihalari asosida qad rostlayotgan binolar holatini o‘rganish maqsadida qurilish ketayotgan hududlarda bo‘ldi.
#️⃣Dastlab, Oqtosh shahri markazidan “Zarafshon” X/K va “Inter group Narpay” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylar holati bilan tanishib, aholi uchun qulay va sifatli qilib qurish uchun qilinishi kerak bo‘lgan ishlar xususida tegishli tavsiyalar berdi.
#️⃣Shuningdek, Chaykal va Charxin mahallalarida 12- hamda 2-umumiy o‘rta taʼlim maktablari uchun qurilayotgan qo‘shimcha bino, Rovot olchin mahallasidagi “Amirbek montaj qurilish” MCHJ tomonidan bunyod etilayotgan 90 o‘rinli maktabgacha taʼlim tashkilotining bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi.
#️⃣Aholi uchun qulay va zamonaviy, shuning bilan birga, sifatli tarzda qurilish ishlarini yakunlab, foydalanish topshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
🗓Maʼlumot uchun, 2024 yil yakuniga qadar 3 ta jami 94 xonadondan iborat binolar qurib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.