✅MASʼULLARGA TOPSHIRIQLAR BELGILAB BERILDI
🌟Tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi, korxona va tashkilotlar masʼullari ishtirokida apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
⚡️Yig‘ilishda bugungi kundagi dolzarb bo‘lib turgan va bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar – jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar, aholini doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlash, “Yashil makon” umummilliy harakati, toza ichimlik suvidan debitor qarzdorliklarni undirish, ariqlarni betlashtirish, maktablarda o‘quvchilar davomatini nazorat qilish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish kabi bir qancha masalalar muhokama etildi.
🔥Shuningdek, kuz-qish mavsumida fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida ko‘mir mahsulotlarini еtkazib berish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan oqilona foydalanish borasida jamoatchilikka keng targ‘ib qilish orqali ularning elektr energiyaga bo‘lgan talabini kamaytirish borasida tushuntirishlar berildi.
💬Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Narpay tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri T.Ashurov tomonidan tumanga Prezident xalq qabulxonasi orqali yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘llangan murojaatlarni ijobiy hal etilishi bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni o‘qib eshittirdi.
✅Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan masʼullar faoliyati tanqid ostiga olinib, bajarilishi lozim bo‘lgan masalalarga masʼuliyat bilan yondashish kerakligi taʼkidlandi.