MUAMMOLI KREDITLAR MUHOKAMA MARKAZIDA
Birinchi sektor shtabida tuman hokimi sektor rahbarlari, tumandagi banklar boshqaruvchilari, xodimlari hamda kredit hisobidan qarzdorligi mavjud jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida muhokama o‘tkazildi.
Unda tijorat banklaridan kredit olib, vaqtida to‘lashni kechiktirayotgan, sustkashlik qilayotgan 40 nafarga yaqin tadbirkorlar va fuqarolar qatʼiy ogohlantirildi.
Aks holda esa, ularga nisbatan tegishli davlat idoralari tomonidan qonuniy choralar qo‘llanilishi mumkinligi yuzasidan tushunchalar berildi.
Aslida bu kabi kredit mablag‘lari aholi bandligini taʼminlash, ularga qulaylik yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolar yashash tarzini yana-da yaxshilash uchun imkoniyat tariqasida ajratilmoqda.
Ammo, bunday imkoniyatlarni suiisteʼmol qilayotganlar belgilangan qonun talablariga rioya qilsa, nur ustiga aʼlo nur albatta.
Uchrashuvdan xulosa qilib, 30 nafarga yaqin kredit hisobidan qarzdorligi mavjud fuqarolar to‘lovlarni shu kunning o‘zida amalga oshirdilar.