🔴#Narpaylik🧠SIZ UNI TANIYSIZ...
📣Oldingi xabarlarda aytganimizdek, Narpay tuprog‘ida tug‘ilib, yurtimiz kelajagi uchun o‘zga ellarni obod qilayotgan o‘g‘lonlar talaygina. Ana shunday tumandoshimizdan biri Chuliyev Sanjar Eshimovichdir. Asli Beklar mahallasidan bo‘lgan Sanjar Eshimovich joriy yilning 29-avgustida Tayloq tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
👨💼Ta’kidlash kerakki, S.Chuliyev 2003-yilda Toshkent davlat yuridik instituti huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.
✍️Shundan so‘ng, ilk mehnat faoliyatini Narpay tumani Samarqand xo‘jaligi bo‘limi huquqshunosi sifatida boshlab, 2006-yilga qadar turli tashkilotlarda mehnat qildi. Adliya tizimidagi ish faoliyatini 2006-yildan viloyat adliya boshqarmasi Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limining katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. Shundan keyin viloyat adliya boshqarmasi va adliya organlari, sobiq Davlat xizmatlari agentligining viloyat boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan.
✍️Tayinlovga qadar boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basida faoliyat yuritgan.
🧠Tumanimiz yoshlari ham ana shunday akalaridan o‘rnak olib, bilim va tafakkurini to‘g‘ri yo‘naltirib, ilmini o‘stiraversa, tumanimiz va xalqimiz yuzini yorug‘ qilib, kelajak avlod ko‘nglini faxr tuyg‘usi bilan to‘ldirishiga ishonamiz.