✅Payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni
✅Inson hayotida kerak bo‘ladigan narsalardan biri bu sport. Chunki sport bilan shug‘ullangan inson doimo sog‘ bo‘ladi, tetik bo‘ladi. Axir bekorga ham "Sport - sog‘lik garovi" deyilmagan. Sport bilan shug‘ullangan inson ko‘plab kasalliklarni yengishi ham fanda isbotlangan holat. Ayniqsa, erta tonggi badantarbiya kishiga kun bo‘yi xushkayfiyat va tetiklik baxsh etadi.
💼O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan O‘zbekistonda payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni etib belgilandi.
✅Shu boisdan, mazkur kun munosabati bilan tumanimizdagi mahallarda sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.
😄Xususan, tumanimiz mahallalarida faol nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar ishtirokida 5000 qadam loyihasi, shuningdek, sportning, shaxmat, shashka hamda stol tennisi o‘yinlari ham o‘tkazilmoqda.