insurez
03-08-2024 11:11

"PROBATSIYA OYLIGI" DOIRASIDA


Ayni kunlarda, mahallalar bo'ylab, tuman IIB mas'ullari tomonidan "Probatsiya oyligi" doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o'tkazilib, unda 5 nafar nazoratdagi yoshlarning huquqiy muammolari ijobiy hal etildi. Ularni jazodan shartli ozod etish borasida sudga taqdimnomalar kiritildi.

Shuningdek, nazoratdagi yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida sport musobaqalari, ma'naviy ozuqa olishlari uchun esa, kutubxonaga sayr tashkil etildi.

Shu qatorda, mahalla mas'ullari hamkorligida qidiruvdagi shaxslar oila aʼzolari bilan suhbatlar hamda nazoratdagi yoshlar muammolarini oʻrganish maqsadida "xonadonbay" ishlar olib borilyapti.

Teglar
- -