insurez
11-08-2024 10:34

PROFILAKTIK TADBIR


Tumanda qizil va sariq toifadagi mahallalarda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 29-iyul kunidagi 27-son qo‘shma qarori asosida “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Bunda, asosiy eʼtibor jinoyat va huquqbuzarlikka moyil bo‘lgan shaxslar, muqaddam sudlangan, spirtli ichimlikka ruju kuygan, ozodlikdan cheklangan, janjalkash oilalar, profilaktika hisobida turuvchi shaxslarga qaratilgan bo‘lib, ular bilan suhbatlar o‘tkazilib, barmoq izlari olinmoqda.

Shuningdek, kuz va qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida yong‘in xavfsizligiga rioya qilish, xonadonlarni qo‘riqlash pultiga ulatish, mulklarini yaʼni avtomashinalar,chorva mollarini ko‘chalarda nazoratsiz qoldirmaslik, har bir mulkga beeʼtibor bo‘lmaslik borasida mahalla yettiligi bilan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Teglar
- -