🌟QISHLOQ XO‘JALIGI SOHALARI MAS’ULLAR NIGOHIDA
✅Tuman hokimi 4-sektor rahbari, qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari, MMTP raislari va tegishli masʼullar bilan birgalikda tumandagi chorvachilik, baliqchilik, issiqxona tashkil qilgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan tanqidiy-tahliliy muhokama o‘tkazdi.
⚡️Muhokamada soliq va elektr energiyadan qarzdorligi bor, yashirin iqtisodiyot aniqlangan hamda rivojlanishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan fermer xo‘jaliklari faoliyati tanqid ostiga olindi.
🔥Shuningdek, sohani yanada rivojlantirish, fermer xo‘jaliklari faoliyatini kengaytirish, go‘sht va baliq mahsulotlari, issiqxonalardan unumli foydalangan holda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni yetkazib berish hajmini oshirish borasida topshiriqlar berilib, bu borada muddatlar belgilandi.