⚡️QURILISH ISHLARI OLIB BORILAYOTGAN OBYEKTLAR KO'ZDAN KECHIRILDI
👨💼Tuman hokimi Sherbek Buranov tegishli o‘rinbosarlari va masʼullar hamrohligida qurilish ishlari olib borilayotgan ijtimoiy soha obyektlarini ko'zdan kechirdi.
▶️Xususan, 15-, 16- hamda Ravot olchin mahallasida yangidan barpo etilayotgan maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi borayotgan jarayon bilan tanishish maqsadida ushbu obyektlarga tashrif buyurib, farzandlarimiz uchun qulay va zamonaviy, shuning bilan birga, sifatli tarzda qurilish ishlarini yakunlab, o'z vaqtida foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
▶️Shuningdek, tuman sport maktabida "Ochiq byudjet" orqali yutib olinib, yangidan barpo etilayotgan gimnastika zalining bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berdi.