💼RAHBAR VA NAZORATDAGI YOSHLAR UCHRASHUVI
⚔️Narpay tumani ichki ishlar bo‘limi probatsiya nazoratida turgan yoshlarni jinoyat yo‘lidan qaytarish, ularning ijtimoiy huquqiy muammolarini hal etilishida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
👫Xuddi shunday uchrashuvlardan biri tuman probatsiya bo‘limi binosida tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda nazoratdagi yoshlarning muammolari bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
↔️Shuningdek, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasida 11 nafar nazoratdagi yoshlarning bandligi ta’minlanib, 5 nafar yoshlar kasb-hunarga o‘qishi uchun monomarkazlarga yo‘llanmalar olishdi.
↔️Bu kabi uchrashuvlar nazoratda turgan yoshlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish orqali jinoyatchiligini oldini olishda ijobiy yo‘l ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topmoqda.