insurez
13-01-2025 15:31

Rasmiy munosabat


Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining so‘rovida Narpay tumanining Navro'z mahallasi hududida daydi itlar ko'payib ketganligi, aholining uy hayvonlari hamda odamlarga hujum qilayotganligi bildirilgan.

Narpay tuman hokimligi axborot xizmatining surishtiruvi davomida obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari haqiqatda ham mahalla hududida daydi itlar ko‘payib ketganligi, nazoratsiz qolgan itlarning uy hayvonlariga hujum qilganligi aniqlandi.

Mahalla mas’ullarining murojaatiga asosan, tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan qarovsiz qolgan itlarni tutish tadbirlari o‘tkazilgan. Shuningdek, o‘tkazilgan tadbirlarda Navro‘z mahallasi va boshqa hududlardan jami 15 ga yaqin qarovsiz itlar tutib kelingan hamda bugungi kunda maxsus qafaslarda saqlanmoqda.

Boshqa hududlarda ham qarovsiz qolgan itlarni tutish ishlari davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari, fuqarolarga xodimlar tomonidan mazkur holat takrorlanganda Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlariga murojaat etishi va hayvonlarda uchraydigan kasalliklar haqida tushuntirishlar berilib, zararlanish holatlari uchraganda zudlik bilan tibbiyot xodimlariga murojaat etishlari uqtirildi.

Teglar
- -