#Seminar
👨💼O‘z tomorqasida mahsulot yetishtirib, bozorga chiqarayotgan fuqarolar kichik imkoniyatdan foydalanib, katta daromad olishga erishayotgan tadbirkorlarga o‘xshaydi. Shu bois, aholi o‘rtasida yerdan unumli foydalanish, sifatli va xaridorbop mahsulotlar yetishtirish ko‘proq targ‘ib etilmoqda. Tumanimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaldagi isboti sifatida fuqarolar tomorqasidan yuqori daromadga erishib kelmoqda. Maʼlumot uchun shuni aytish mumkinki, bugungi kunga qadar tumanimizda 350 nafardan ortiq fuqarolar tomorqadan foydalanish bo‘yicha o‘z-o‘zini band qilib davlat ro‘yxatidan o‘tgan.
✅O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman Kengashi xodimlari aholi tomorqa yer maydonlariga ekilayotgan avgust-sentyabr piyozi va sarimsoqpiyozining ekilishi hamda aholi o‘rtasida tomorqadan unumli foydalanish mavzusida Turon mahallasida yashovchi usta dehqon Nasriddin Rajabovning xonadonida seminar tashkil etishdi.
✅Seminar davomida masʼullar tomonidan TO‘QSONBOSTI usulida piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlarining ekilishi, fermer va dehqon xo‘jaliklarida suv tanqisligini inobatga olgan holda “tomchilatib sug‘orish” tamoyilida ish yuritib, sifatli, eksportbop mahsulot yetishtirish bo‘yicha yig‘ilganlarga tavsiyalar berildi.
✅|Telegram (https://t.me/Narpay_tuman_hokimligi)| ✅|Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100041775135927)| 🌐|Instagram (https://www.instagram.com/narpay_tuman_hokimligi/)| ✅|Telegram (https://t.me/narpaylikk)| 🌐|Veb sayt (https://narpay.uz/)|