TADBIRKORLAR FAOLIYATIGA NAZAR
Tuman hokimi tegishli o‘rinbosarlari hamrohligida tumаnda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarining ish-faoliyati o‘rganildi.
Tadbirkorlarni qiynayotgan muammo va kamchiliklar eshitilib, aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, vaqt talab etiladiganlari bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Barcha korxona masʼullariga ishlab chiqarish hajmini oshirish, faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, tadbirkorlik obyektlarining ichki va tashqi fasad qismlarini tartibga keltirish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda ish tashkil etish borasida taklif va tavsiyalar berildi.