TAJRIBANI AMALDA QO‘LLASH MUHIM
Xabaringiz bor tuman hokimi tashabbusi bilan kambag‘allikni qisqartirish va mahallabay ishlash bo‘yicha tajriba almashish maqsadida vodiy viloyatlariga tashrif uyushtirilgan edi.
Tashrifdan orttirilgan tajriba asosida mahalla yettiligi aʼzolariga taqdimot tashkil etildi.
Dastlab, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar va mahalla infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahliliy-tanqidiy muhokama qilindi.
Shundan so‘ng vodiy tajribasi asosida asalarichilik, uzumchilik, gul yetishtirish, bodomni qayta ishlash, aholi xonadonlarida parranda boqish yo‘nalishlari batafsil tushuntirib o‘tildi.
Mahalla yettiligi aʼzolariga yuqoridagi yo‘nalishlardan kelib chiqib o‘z mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish borasida tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.