insurez
30-09-2024 11:24

#TAYINLOV


🤝Tuman tibbiyot birlashmasiga yangi rahbar tayinlandi.

👨‍💼Birlashmada faoliyat yuritayotgan vrachlar, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bugungi yig‘ilishda tuman hokimi Sherbek Buranov hamda viloyat hokimligi sog‘likni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suhrob Zayniddinovlar yangi rahbar Toshpulatov G‘ayratjonni jamoaga tanishtirdilar.

➕Viloyat hokimligi sog‘likni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘iga asosan, Toshpo‘latov G‘ayratjon 2024-yil 30-sentabrdan Narpay tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

✍️Tayinlovga qadar G‘. Toshpo‘latov Samarqand viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Tashkiliy kadrlar va inson
 resurslarini rivojlantirish sho‘basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Teglar
- -