Totkent yoshlar yetakchisi “Top 100” talikda
2024-yilning 2-choragi davomida mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan Yoshlar yetakchilarining TOP-100 reytingi e’lon qilingan edi.
E’tiborlisi, tumandagi Totkent mahallasi yoshlar yetakchisi Boborahmatov Sanjar ham respublika miqyosida kuchli 100 talikdan o‘rin oldi.
Ulug‘ bayram arafasida Sanjarning otasiga Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sarvar Boboyev Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi Qahramon Quronboyev hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning tashakkurnomasini o‘qib eshittirdi va esdalik sovg‘alarini topshirdi!
Qoyil, Sanjarbek!