TUMANIMIZDA YANA BIR YIRIK KORXONA FAOLIYAT BOSHLADI
TUMANIMIZDA YANA BIR YIRIK KORXONA FAOLIYAT BOSHLADI
Bugun, tumanimizdagi yana bir yirik loyiha ishga tushirildi. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, Sherzod Rahmonov hamda tuman hokimi Sherbek Bo‘ronov va tuman masʼullari, mahalla faollari ishtirokida Sarbozor mahallasi hududida barpo etilgan "Narpaytex" MCHJga qarashli tikuv fabrikasi foydalanishga topshirildi.
Mazkur tikuv sexining rasman faoliyat boshlashi natijasida hozircha 300 nafardan ortiq tumanimiz xotin-qizlarining doimiy bandligi taʼminlandi.
Boshlang‘ich qiymati 2 million dollarni tashkil qilgan korxona mahsuloti dastlab, ichki bozorlarimiz va yurtimizning barcha hududlariga yetkazib berilishi maqsad qilingan. Kelgusida esa, xorijiy davlatlarga eksport qilish maqsad qilingan.
Korxona rahbariyatining aytishicha, yaqin kunlarda korxona faoliyatini yana-da kengaytirish va buning natijasida yana 250 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.