Urug‘lik paxta yetishtirish istagida bo‘lgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining rahbarlari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-106-sonli qaroriga asosan tumanlarda 2025-yilda urug‘lik paxta hamda sabzavot, poliz va boshqa ekinlar urug‘liklarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun subyektlar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi.
Tanlovni shaffoflik va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida “e-urug‘” (e-seeds) axborot tizimida tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha loyiha ishga tushirilishi kutilmoqda. Ishlab chiqilgan loyihaga asosan 2025-yil 1-fevraldan boshlab ishga tushirilishi kutilayotgan “e-urug‘” (e-seeds) tizimi orqali hujjatlar qabul qilinishi belgilangan.
Belgilangan (ixtisoslashgan) G‘alaba, O‘zbekiston, A.Navoiy, Zarafshon hududlar bo‘yicha tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan subyektlar joriy yilning 1-fevraldan ishga tushirilishi kutilayotgan “e-urug‘” (e-seeds) tizim orqali o‘rnatilgan tartibda ariza topshirishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar Narpay tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan beriladi.
Murojaat uchun telefon: 97/398-98-06