insurez
16-07-2024 11:11

XITOYLIK YIRIK INVESTOR HAMKORLIGIDA NARPAYDA YANGI LOYIHA ISHGA TUSHADI


 

Yurtimizda ishbilarmonlarga o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi hamda kengaytirishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tobora kengayib bormoqda.

Tumanimizda ham chet ellik investorlar tomonidan bir qator yirik loyihalar amalga oshirilib, buning natijasida ko‘pgina fuqarolar bandligi taʼminlanyapti.

Bugun, yana bir yirik investor - Xitoy davlatining Sian provensiyasidagi Fu-Cheng Zhang korxonasining rahbari mister Jon tumanimizga tashrif buyurib, tuman hokimi bilan muzokara olib bordi.

Maʼlumot uchun, avvalroq mister Jon tumanimizga tashrif buyurib, tumanimizda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish niyatida ekanligini maʼlum qilgan edi.

Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi ushbu korxona tumanimizda qurilish mollarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istagida ekanligini bildirdi. Qiymati 2 million dollar bo‘lgan ushbu loyihani ishga tushirish bo‘yicha muzokaralar davom etadi.

Teglar
- -