Yangi tartib – xalq va davlat hamkorligida byudjet!
Yangi tartib – xalq va davlat hamkorligida byudjet!
O‘zbekiston Prezidentining yangi qarori bilan tashabbusli byudjet jarayonlarida katta o‘zgarishlar boshlandi. Endi mahalliy muammolarni hal etishda nafaqat davlat, balki deputatlar va oddiy fuqarolar ham faol ishtirok etadi.
Deputatlar tashabbusi uchun alohida imkoniyat.
Har bir deputat yil davomida ikki marta o‘z hududidan muhim loyihalarni kiritishi mumkin. Ular uchun respublika byudjetidan maxsus mablag‘ ajratiladi. Bu orqali deputatlar xalq oldida o‘z tashabbuslari bilan hisobdor bo‘ladi.
Hamkorlik asosida moliyalashtirish – 50/50
2026-yil 1-fevraldan yangi tizim joriy qilinadi. Loyiha qiymatining yarmi aholi tomonidan yig‘iladi. Qolgan yarmi esa davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Masalan, mahallada yangi sport maydonchasi qurish loyihasi qiymati 1 mlrd so‘m bo‘lsa, uning 500 mln. so‘mini aholi, qolganini davlat to‘lab beradi. Shu orqali odamlar o‘z hududini o‘zlari obod qilishda bevosita ishtirok etadi.
2026-yil uchun 1 trillion so‘m
Yangi tizimni amalga oshirish uchun davlat katta mablag‘ ajratmoqda:
- deputatlar tashabbuslari uchun – 494 mlrd so‘m,
- aholi bilan hamkorlikdagi loyihalar uchun – 506 mlrd so‘m.
Demak, endi byudjet mablag‘lari yanada adolatli va shaffof taqsimlanadi.
Adolat va nazorat
Bir mavsumda g‘olib bo‘lmagan loyiha keyingi mavsumda qayta ishtirok etishi mumkin, ammo doimiy takrorlash cheklanadi. Hisob palatasi loyihalarni qonuniyligi va samaradorligi bo‘yicha qattiq nazorat qiladi.
Sud qarorlari orqali fuqarolar tashabbus jamg‘armalariga undiruv qo‘yilmaydi.
Ochiqlik va aholiga axborot
Milliy axborot agentligi va televideniye orqali tashabbusli byudjet loyihalari haqida muntazam ma’lumotlar berib boriladi. Shu tariqa, xalq o‘z ovozining qayerga ketayotganini ochiq ko‘rishi
mumkin bo‘ladi.
Xulosa:
Endi har bir fuqaro o‘z mahallasida yo‘l ta’mirlashmi, yangi maktab qurishmi yoki sport maydonchasi barpo etishmi – bevosita ishtirok etishi mumkin. Davlat ham bu tashabbuslarni
moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu qaror – xalq bilan davlatning qo‘l-oqil bo‘lib ishlashining yaqqol namunasidir.
Narpay tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i M.Mardiyev