YIRIK SANOAT KORXONALARI FAOLIYATIGA NAZAR
Tuman hokimi tegishli o‘rinbosarlari hamrohligida tumаnimizning sanoat ko‘rsatkichlari va holati bilan tanishish maqsadida yirik korxonalarda bo‘ldi.
Dastlabki manzil “NBA ALLIANZ” MCHJga qarashli yiliga 30 ming tonna sanoatda foydalaniladigan qog‘ozlar ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona bo‘ldi.
Shu qatorda, "Narpay broker" MCHJ tasarrufidagi zamonaviy mebellar ishlab chiqaruvchi sex faoliyati bilan tanishildi.
Shundan so‘ng, “Maroqand sifat” MChJga qarashli yiliga 3000 tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona hamda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan biomahsulotlar yetishtiruvchi biolaboratoriya faoliyatiga nazar solindi.
O‘rganishlar davomida “Samarqand silk AO” MCHJga qarashli turli atlas va adras matolar ishlab chiqaruvchi ip-yigiruv sexi ham eʼtibordan chetda qolmadi.
Barcha korxona masʼullariga ishlab chiqarish hajmini oshirish, faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida taklif va tavsiyalar berildi.