PROFILAKTIK SUHBAT

Payshanba – profilaktika kuni munosabati bilan Muqimiy nomli  mahalla ahli o‘rtasida profilaktik suhbat o‘tkazildi. Unda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, to‘rtinchi sektor rahbari – tuman DSI boshlig‘i jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdilar.

Shu kabi ushbu mahallada sodir etilgan bezorilik jinoyatining kelib chiqish sabablari muhokama etildi.

Muhokamada so‘zga chiqqan mahalla faollari bunday holatlarning oldini olish, ichkilikbozlikka qarshi kurashish, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga eʼtiborli bo‘lish lozimligi haqida to‘xtaldilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM