NAZORATDAGI SHAXSLAR KASB O‘RGANISHGA YO‘NALTIRILDI

Tuman IIO Probatsiya guruhi hamda aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari hamkorligida Probatsiya hisobida turgan yoshlar va xotin-qizlarning ijtimoiy muammolari o‘rganildi. O‘rganish davomida 6 nafar nazoratdagi shaxslarning bandligini taʼminlash lozimligi maʼlum bo‘ldi.

Shu bois ular tumanimizda tashkil etilgan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish markaziga jalb etildi. Muayyan kasbga ega bo‘lgan nazoratdagi shaxslarning bandligi to‘liq taʼminlanishi ko‘zda tutilgan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM