FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Tuman hokimi, sektor rahbarlari Barkamol mahallasida sayyor qabul o‘tkazdilar.

Qabulda fuqarolar tomonidan bandlik, moddiy yordam, tadbirkorlik uchun kredit ajratish masalalarida murojaatlar tushdi.

Xususiy tibbiy diagnostik klinikasini ishga tushirish uchun kredit so‘rab murojaat qilgan fuqaroning muammosi sektor rahbarlari tomonidan joyiga borib o‘rganildi. Xuddi shuningdek, Yonariq qishlog‘i fuqarolarining ichimlik suvi masalasida qilgan murojaati bir guruh nuroniylar ishtirokida o‘rganilib, masalaga yechim topildi.

Boshqa murojaatlar ham tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga yo‘naltirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM