MUAMMOLARGA YECHIM BOR

Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Bahodir Rahmatov Chaykal mahallasi ahli uchun sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda fuqarolarning barcha turdagi murojaatlari atroflicha o‘rganilib, masalalarga yechim topish choralari ko‘rildi. Aksariyat murojaatlar ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

Shu kabi Tortuvli mahallasi fuqarolari uchun tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Boliyev sayyor qabul o‘tkazib, aholi muammolarini o‘rgandi.

Uchrashuvda ishtirokchilar tomonidan tadbirkorlik uchun kredit, bandlik masalalarida murojaatlar tushdi. Murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olindi.

2015-2022 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM