SHABBONANING ORZUSI...

Shohsanamning murojaati hal etildi

Avval xabar qilganimizdek, tuman hokimi Bo‘ston mahallasida o‘tkazgan yoshlar qabulidan so‘ng nogironligi bor bo‘lgan Nasiba Mahmonovaning holidan xabar olgandi.

Oilaning haqiqiy holatidan kelib chiqib, fuqaroga tuman hokimligi tomonidan bir martalik moddiy yordam puli ajratilgan edi.

Shu kuni Nasiba opaning farzandlari bilan bo‘lgan suhbatda qizi Shabbona Abdusatorova ichki ishlar tizimida ishlash katta orzusi ekanligini bildirgandi.

Bugun Shabbona va uning ukasi ichki ishlar bo‘limiga taklif etildi.

Ular bo‘limdagi maʼnaviyat xonasi, kutubxona, vorkout maydonchasi, shu kabi xodimlar ish jarayoni bilan tanishtirildi. Tajribali xodimlar bolalar bilan uzoq suhbatlashib, yurtga sodiq farzand bo‘lish uchun ko‘proq bilim olib, izlanish lozimligi haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, qabulda Shohsanam O‘rchinova maktab kutubxonasida kitob yetishmasligi haqida murojaat etgandi.

Bugun murojaat ijrosini taʼminlash maqsadida 26-umumtaʼlim maktabi kutubxonasiga tuman hokimligi tomonidan 100 ta badiiy kitob sovg‘a qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM