"NAVQIRON NARPAYIMNI TARANNUM ETAMAN" KO‘RIK-TANLOVI YAKUNIGA YETDI, G‘OLIBLAR ANIQLANDI

Avval xabar qilganimizdek, tuman hokimligi tomonidan “Navqiron Narpayimni tarannum etaman” shiori ostida ijodiy tanlov eʼlon qilingan edi.

Yetmishga yaqin qalamkashlarning ijod namunalari dastlab, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo‘limi, so‘ng Poytaxtda yashab, ijod qilayotgan taniqli shoir va sanʼatkorlar tomonidan baholandi.

Natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rin O‘lmas Xolmo‘minovga nasib etdi. Narpayni tarannum etgan mahalliy qalamkashlar – Ruxsora To‘xtamisheva hamda Hasan Isoqov (Usta Hasan)lar esa 2 va 3-o‘ringa munosib topildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo‘limi vakili shoira Zuhra Begim va boshqa taniqli ijodkorlar ishtirok etgan taqdirlash marosimi haqiqiy sheʼriyat kechasiga aylanib ketdi. Havaskor shoirlarning Narpayni madh etuvchi sheʼrlari davraga fayz kiritdi.

Tuman hokimi Sherzod Rahmonov tanlov g‘oliblariga tuman hokimligining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alarini tantanali tarzda topshirdi.

Shu kabi barcha tadbir qatnashchilariga badiiy kitoblar tuhfa etildi.

2015-2022 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM