Brifing: pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqining yuqori chegarasi oshirildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Farrux Pardayev maʼlum qildi:

O‘tgan yil davomida:

pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorlari 14 foizga oshirilib minimal isteʼmol xarajatlari miqdoriga yetkazildi;

minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan (500 ming so‘mdan) yuqori miqdorlardagi pensiya va nafaqalar esa 12 foizga oshirildi;

nogironlik nafaqalarining eng kam miqdori esa 440 ming so‘mdan 698 ming so‘mgacha yaʼni 1,6 barobarga oshirildi;

to‘lovlarni bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pullarining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 yanvardagi PF-60-son Farmoniga asosan, 2023 yil 1 yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori yaʼni yuqori chegarasi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobarigacha oshirildi. 

2023 yil 1 yanvardan boshlab pensiyani hisoblashda inobatga olinadigan ish haqining yuqori chegarasi 3 888 000 so‘m etib belgilandi.

 11-40

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM