HARAKATINGIZ TAHSINGA LOYIQ

Hamma yoq qor, boz ustiga sovuq bo‘lmoqda. Transportlar harakatlanadigan ichki yo‘llar muzlab qolgan. Lekin, kimgadir ozgina bo‘lsa ham foydasi tegishini istagan tumandoshlarimiz ixtiyoriy ravishda ko‘chalarning qorini tozalashmoqda.

Aslida ular ham boshqalar singari issiqqqina uylarida o‘tirishlari mumkin edi. Biroq jamoat ishiga dahldorlik hissi bu hamyurtlarimizga tinchlik bermayapti. Fidoyiligingiz tahsinga loyiq, azizlar!

Ey yaxshilar, shu yo‘llardan Siz ham foydalanasizku? Keling, qor tozalashga ko‘maklashing, ozmi-ko‘pmi yordamingiz tegsin!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM