Topshiriq va ijro

SANOATNI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA

Kuni-kecha davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektorida sanoatda ishlab chiqarish hajmining o‘sish surʼatlarini taʼminlash, mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlari yuzasidan bir qator topshiriqlar bergan edi.

Topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda maxsus ishchi guruh tuzildi hamda har bir sanoat korxonasiga iqtisodiyot va investitsiya tarkibidagi tashkilotlardan masʼullar biriktirildi.

Tuman hokimi ishchi guruh aʼzolari bilan uchrashib, sanoat korxonalarni ishlab chiqarish hajmini oshirish, ulardagi muammolarni o‘rganib, hal etish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Shtab muhokamasidan so‘ng mavjud 230 ta sanoat korxonalarini tuman hokimi va tegishli shtab aʼzolari bosqichma-bosqich o‘rganishga kirishdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM