SUV QUVURLARI TAʼMIRLANDI

Tumanda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan shtabga fuqarolardan tushgan murojaatlar ijrosi taʼminlanmoqda.

Shu kunlarda anomal sovuq sabab ichimlik suvi tarmog‘ining yer osti quvurlarining muzlash holatlari kuzatilmoqda. Bugun Nog‘oraxona, Narpay, Xalqobod mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uylarni ichimlik suvi bilan taʼminlaydigan tarmoqda xuddi shunday hodisa ro‘y bergan.

"Samarqand suv taʼminoti" masʼuliyati cheklangan jamiyatining Narpay tumani filiali tomonidan ushbu muammolar bartaraf etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM