JANGOVAR BAYROQ TANTANALI KUTIB OLINDI

Yurtboshimizning qaroriga asosan, 2021 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Amir Temur jangovar bayrog‘i” uchun musobaqasi o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

G‘oliblikni baholashda qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini oshirish, harbiy anʼanalarni yana-da mustahkamlash, buyuk ajdodlarimizga munosib mard va jasur, bilimli, jismonan baquvvat Vatan himoyachilarini tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlarga eʼtibor qaratiladi. Musobaqaning ilk g‘olibi sifatida tarkibiga Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlari kiritilgan Markaziy harbiy okrugi tanlandi.

Bugun Markaziy harbiy okrugi tomonidan olib kelingan “Amir Temur jangovar bayrog‘i” Narpay tumanida tantanali tarzda kutib olindi.

Tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, viloyat hokimligi vakillari, harbiylar, nuroniylar va yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad, shu kabi  mamlakatimizda soha rivoji yo‘lida olib borilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tdilar.

Jangovar bayroq, qo‘shni Paxtachi tumaniga kuzatib qo‘yildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM