Tozalik yo’lida

XODIMLARNING MEHNAT SHAROITI VA MUAMMOLARI O‘RGANILDI

Har qanday ob-havoda ham "Anvarjon biznes invest" masʼuliyati cheklangan jamiyati xodimlari aholi xonadonlarida to‘plangan chiqindilarni yig‘ib, maxsus mashinalarga yuklashmoqda. Biroq, to’lovlarning o’z vaqtida bo’lmasligi ayrim hududlarga chiqindi olish uchun transportlarning kechikib borishiga sabab ham bo’lmoqda.

Shu bois tuman hokimi, IIB boshlig‘i hamrohligida ushbu MCHJ xodimlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda ularga yaratilgan shart-sharoitlar, ish faoliyatlarida duch kelayotgan muammolari, shuningdek, takliflari o‘rganildi.

Suhbat davomida fuqaro va tadbirkorlar tomonidan chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha shartnoma tuzilmagan aksariyat hududlarga xizmat ko‘rsatish sustlashgani maʼlum bo‘ldi. Chiqindilarni olib ketish bilan va uning to’lovlari bilan bog‘lik kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar va muddatlar belgilab olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM