#Diqqat!

ASOSIY KO‘PRIK YOPILADI

Shu kunlarda investitsiya dasturi asosida tuman markazidan o‘tuvchi Narpay kanali qisman taʼmirlanmoqda. Shu kabi o‘tkazuvchi ko‘prik ham 24 metrga kengaytirilib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilishi rejalashtirilgan.

Taʼmirlash ishlari boshlanayotgani sabab shu yil 22 yanvardan eʼtiboran ikki oy muddatga (ko‘prikning yopilish muddati uzaytirilsa qo‘shimcha xabar beriladi) ko‘prik orqali transport qatnovi to‘xtatiladi.

Viloyat va tumandagi tegishli mutaxassislar, avtoyo‘l bo‘yicha masʼullar xulosalariga ko‘ra, Oqtosh shahriga kirish uchun transportlar aylanma yo‘llar orqali harakatlanishi belgilangan.

Demak, Oqtosh shahriga aylanma yo‘l (Narpay mahallasidan Xalqobod yoki Narpay – Yangiobod mahallasi) orqali kirish mumkin.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM