KONSEPSIYA HISOBOTLARI

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 agustdagi 450-sonli qarorida hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqilib,  har yili yanvar oyida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida muhokama qilinishi va tasdiqlash uchun tuman hokimiga kiritilishi belgilangan. 

Qaror ijrosi yuzasidan Do‘stlik mahallasi hokim yordamchisi ishlab chiqilgan konsepsiyasi bo‘yicha fuqarolar oldida hisobot berdi. Konsepsiya hisobotida tuman mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari F.Iskandarov ishtirok etdi.

Konsepsiya hisobotlari Muqimiy, Dedan, Alisher Navoiy mahallalarida ham bo‘lib o‘tdi.

2015-2023 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM