KASALLIKNI DAVOLAGANDAN KO‘RA, UNING OLDINI OLGAN MAʼQUL

Qirim-Kongo gemorragik isitma kasalligi o‘ta yuqumli va xavflidir. Kasallikni qo‘zg‘atuvchisi viruslar hisoblanadi. Yirik va mayda shoxli hayvonlarda uchraydigan iksod kanalari ushbu kasallik virusini yuqtiruvchi vositachilardir.

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, tibbiyot birlashmasi va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida  "Odamlar o‘rtasida "Qirim-Kongo gemorragik isitma" kasalligi tarqalishining oldini olishda tegishli xizmatlarning hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

O‘quv mashqi davomida kasallikning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish, hududda epizootik barqarorlikni taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham maʼruzalar tinglandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM