“SEN, MEN, BIZ – BIR OILA”

13- son maktabgacha taʼlim tashkiloti bolajonlarga rus tilidan taʼlim-tarbiya berishga ixtisoslashtirilgan. Shu kabi bu yerda ingliz tili to‘garagi ham tashkil etilgan. Tarbiyalanuvchilar esa har ikki tilni o‘zlashtirib, maktab ostonasiga qadam qo‘yishadi.

Xalqaro oila kuni munosabati bilan ushbu maskanda “Ti, ya, mi –odno semya” (“Sen, men, biz – bir oila”) mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bolajonlarning ota-onalari, faxriy pedagoglar, soha vakillari qatnashgan tadbirda kelajagimiz vorislari o‘zbek, rus va ingliz tillarida yod olgan sheʼr, qo‘shiqlarni ijro etdilar. Shuningdek, “Kim chaqqon”, “Kim zukko” singari intellektual o‘yinlar, ijro etilgan raqslari to‘planganlarga manzur bo‘ldi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM