Giyohvandlik - illat

PROFILAKTIK SUHBAT

Farzandlarning nogiron tug‘ilishi, oilalarning ajrashishi va turli jinoyatlarning kelib chiqishiga ham aynan giyohvandlik sabab bo‘ladi.

Ikki aka-uka o‘z xonadonida giyohvandlik vositasini saqlagan. Jinoyatga esa jazo muqarrar. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, albatta.

Navro‘z mahallasi fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ushbu jinoyat ishlari muhokama etildi.

Dastlab tuman hokimi hamda IIB boshlig‘i jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdilar.

So‘ng yuqorida qayd etilgan holatlarning kelib chiqish sabablari va oqibati yuzasidan fikrlar bildirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM