Tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida 27-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, Charos va Nastarin oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatlarini o‘rgandi.
MTTlardagi obodonlashtirish, tozalik, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat taʼminoti va saqlanish holatlari ko‘zdan kechirildi.
Maktabgacha taʼlimga bolalar qamrovini yana-da oshirish, taʼlim-tarbiya sifatini yaxshilash borasida masʼullarga tavsiyalar berildi.